Muhandislik qo‘llanmasi

Sanoat armaturasi uchun RFQ: aniq taklif olish chek-listi

“DN300 PN16 zadvijka kerak” degan so‘rov ko‘p aniqlashtirish yoki taqqoslab bo‘lmaydigan takliflarga olib keladi. Yaxshi RFQ majburiy talablar va istaklarni ajratadi.

TAZ Engineering & Quality Team · · 7 min

Jarayon ma’lumotlari

Muhit tarkibi, ishchi va hisobiy bosim/harorat, sarf, oqim yo‘nalishi, qattiq zarrachalar va o‘tish rejimlarini ko‘rsating. Xavfli muhit uchun zaharlilik va yonuvchanlikni belgilang.

Parametrlar turli bo‘lsa line list ilova qiling; DN va PN bir xil bo‘lsa ham turli xizmatlarni bitta pozitsiyaga birlashtirmang.

Konstruktsiya va ulanish

Armatura turi, bore, shtok, o‘rnatish, flanes yoki payvand uchi, qurilish uzunligi va materiallarni yozing. Almashtirishda shildik rasmi va chizma foydali.

Yuritma uchun elektr ta’minoti, IP, iqlim, xavfli zona, signallar va fail position beriladi.

Nazorat va hujjatlar

Sinov standarti, sizib chiqish mezoni, witness/hold point, mustaqil inspeksiya va NDT hajmini belgilang. Datasheet, drawing, material sertifikati va protokollarni alohida sanang.

Miqdor, jadval, Incoterms, manzil, qadoq va hujjat tilini kiriting.

Takliflarni taqqoslash

Avval chetlanishlar, materiallar, rating va sinovlar, so‘ng narx taqqoslanadi. To‘ldirilmagan datasheet texnik tenglikni isbotlamaydi.

Bid evaluation jadvalida talab, javob, chetlanish, muhandis izohi va holat bo‘lsin.

Chek-list

  • tag va soni
  • muhit va line list
  • DN/PN va hisobiy rejim
  • tur, bore va material
  • ulanish va uzunlik
  • yuritma
  • sinov mezoni
  • NDT va inspeksiya
  • hujjatlar
  • Incoterms va muddat

Asosiy manbalar